JICA VAKILLARI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi böyiça örinbosari, Qişloq xöjaligi vaziri Kamiljan Aytbaev Qişloq xöjaligi vazirligida JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi) vakillari — Yoşiko Ozawa hamda Kristina Toderich Nikoloyevnani qabul qildi. Uçraşuvda JICA SATREPS BLUE loyihasi doirasida Orolböyi mintaqasida suv resurslaridan samarali foydalaniş, şörlangan yerlarning qişloq xöjaligi salohiyatini oşiriş, iqlim özgarişiga moslaşuvçan innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, loyiha doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan xarajat va foyda tahlili (CBA) tadqiqotlarini taşkil etiş, xususan, Qoraözak va Nukus tumanlaridagi tajriba maydonlarida olib boriladigan ilmiy-amaliy izlanişlar yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar şörlangan yerlarda dehqonçilik samaradorligini oşiriş, amarant, galofit va boşqa noan’anaviy ekinlarni yetiştiriş, şuningdek, kuzgi arpa va tritikale navlarining iqtisodiy samaradorligini örganiş hamda ilğor tajribalarni keng joriy etiş böyiça hamkorlik istiqbollarini körib çiqdilar.

Uçraşuv yakunida tadqiqotlarni samarali taşkil etiş, hududiy taşkilotlar va fermer xöjaliklari bilan hamkorlikni yölga qöyiş, zarur ma’lumotlarni taqdim etiş hamda belgilangan vazifalarni özaro muvofiqlaştiriş yuzasidan kelişib olindi.

Mazkur hamkorlik Orolböyi hududida suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, qişloq xöjaligida ilmiy yondaşuv va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirişga xizmat qiladi.