Xöjayli tumanida dala şaroitida biogumus tayyorlaş böyiça amaliy seminar ötkazildi

Xöjayli tumani “Jana jap” OFY hududidagi “Kiyik mergen” fermer xöjaligi dala maydonida Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan biogumus tayyorlaş texnologiyasiga bağişlangan amaliy seminar taşkil etildi. Seminar davomida tuman maslahatçisi Ş. Kamalov tomonidan mahalliy öğitlar va ösimlik qoldiqlaridan foydalangan holda dala şaroitida biogumus tayyorlaş usullari amaliy tarzda namoyiş etildi. Tadbirning asosiy maqsadi dalalarda töplanib qoladigan ösimlik qoldiqlarini qayta işlaş, ulardan tabiiy organik öğit oliş hamda tuproq unumdorligini oşirişga qaratilgan. Ta’kidlanganidek, biogumus tuproqning tarkibiy tuzilişini yaxşilaş, uning biologik faolligini oşiriş va qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini köpaytirişda muhim ahamiyatga ega. Bunday amaliy maşğulotlar fermer xöjaliklari va tomorqa yer egalari örtasida ekologik toza agrotexnologiyalarni keng joriy etiş, mahalliy resurslardan samarali foydalaniş hamda organik dehqonçilikni rivojlantirişga xizmat qiladi. Biogumus tayyorlaş texnologiyasi böyiça qöşimça ma’lumot oliş istagida bölgan fuqarolar tuman Agroxizmatlar markazi mutaxassislariga murojaat qilişlari mumkin.