Kuzgi şudgor – kelgusi yil hosilining mustahkam zamini

«Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda,» deydi dono xalqimiz. Bu maqol bekorga aytilmagan. Zero, kuzgi şudgor işlarini öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş kelgusi yil hosili möl bölişida muhim ahamiyat kasb etadi.



📍 Xöjayli tumani Amudaryo QFY hududidagi «Oq tilak» fermer xöjaligi dalalarida 2027-yil hosili uçun qişloq xöjaligi ekinlaridan böşagan yer maydonlarida kuzgi şudgor işlarini taşkil etiş, şuningdek, yerdan foydalanuvçilarning yer konturlarini muvofiqlaştiriş va kengaytiriş masalalariga bağişlangan dala şaroitidagi amaliy-körgazmali seminar bölib ötdi.

Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, Qişloq xöjaligi vaziri Komiljon Aytbayev, Özagroinspeksiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Erpolat Qayipbergenov, Xöjayli tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari A. Xudaybergenov, tuman qişloq xöjaligi sohasi mutasaddilari hamda fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdi.

Tadbir davomida kuzgi şudgor işlarini belgilangan agrotexnik talablar asosida sifatli taşkil etiş, yer maydonlarini kelgusi mavsumga tayyorlaş, yer konturlaridan samarali foydalaniş hamda ularni muvofiqlaştiriş böyiça amaliy körsatmalar berildi.

Şuningdek, fermerlarga kuzgi dala işlarini öz muddatida yakunlaş, yer unumdorligini saqlaş va oşiriş hamda 2027 yil hosili uçun puxta tayyorgarlik köriş böyiça tegişli tavsiya va topşiriqlar berildi.