Yerga işlov — möl hosilning muhim omili
«Yerga işlov öz vaqtida bölsa, hosil möl böladi», deydi xalqimiz. Darhaqiqat, qişloq xöjaligida har bir agrotexnik tadbirni öz muddatida va sifatli bajariş kelgusi yil hosilining barakali bölişida muhim ahamiyatga ega.
📍 Şumanay tumani Qarabayli MFY hududidagi K. Yusupov fermer xöjaligi dalalarida 2027-yil hosili uçun ekinlardan böşagan yer maydonlarida kuzgi şudgor işlarini taşkil etiş, yer konturlarini muvofiqlaştiriş va kengaytiriş masalalariga bağişlangan amaliy-körgazmali seminar taşkil etildi.
Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, Qişloq xöjaligi vaziri Kamiljan Aytbayev, Özagroinspeksiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Erpölat Qaypbergenov, Şumanay tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, tuman qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari hamda fermerlar iştirok etdi.
Seminar jarayonida kuzgi şudgor işlarini belgilangan agrotexnik talablar asosida amalga oşiriş, yerning meliorativ holatini yaxşilaş, tuproq unumdorligini saqlaş va oşiriş, şuningdek, yer maydonlaridan samarali foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan dala şaroitida amaliy körsatmalar berilib, fermer xöjaliklari vakillariga kelgusi yil hosili uçun yerlarni sifatli tayyorlaş yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
