16 ta asalari oilasidan 120 taga: Xöjaylilik tadbirkorning muvaffaqiyat tarixi
Xöjayli tumani «Mustaqillik» ovul fuqarolar yiğini hududida yaşovçi Xudaybergenov Xalmurat asalariçilik sohasida özining oilaviy biznesini yölga qöyib, bugungi kunda köplab yoşlarga örnak bölmoqda.
Dastlab işsizligi sababli tadbirkorlik bilan şuğullanişga qaror qilgan Xalmurat aka kredit mablağlari hisobidan 16 ta asalari oilasini sotib olib, faoliyatini boşlagan. Tinimsiz mehnat va izlanişlar natijasida bugungi kunda asalari oilalari sonini 120 taga yetkazişga erişdi.
E’tiborlisi, tadbirkor nafaqat öz faoliyatini kengaytirib qolmasdan, balki boşqalarga ham kasb-hunar örgatmoqda. Hozirgi vaqtda uning Xöjayli, Kegeyli va Nukus tumanlarida şogirdlari bor.
Şuningdek, Xalmurat aka mahalladagi hokim yordamçisi bilan birgalikda fuqarolarga asalari oilalarini yetkazib beriş va yangi asalariçilarni tayyorlaş işlarini ham yölga qöygan.
🎙 «Bugungi kunda tadbirkorlikni boşlaş uçun imkoniyatlar juda köp. Ayniqsa, yoşlarimiz yaratilayotgan şaroitlardan samarali foydalanib, öz biznesini yölga qöyişi kerak», — deydi tajribali asalariçi.
✅ Darhaqiqat, bugungi kunda Qoraqalpoğistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholining bandligini ta’minlaş va yangi iş örinlarini yaratiş maqsadida imtiyozli kredit dasturlari amalga oşirilmoqda. Jumladan, Qoraqalpoğiston aholisi uçun 12 foizlik imtiyozli kredit imkoniyatlari ham közda tutilgan.
Xalmurat akaning faoliyati — yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, oddiy işni daromadli oilaviy biznesga aylantiriş mumkinligining yorqin namunasidir.
