Bugun Nukus tumani hokimligi majlislar zalida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari – Qişloq xöjaligi vaziri Kamiljan Aytbayev iştirokida tuman fermer xöjaliklari rahbarlari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda Nukus tumani hokimi Z. Zaytov ham qatnaşdi.
Uçraşuvda faoliyatida qiyinçiliklarga duç kelayotgan, hosildorligi past va moliyaviy majburiyatlarini bajarişda muammolari mavjud fermer xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, tajribali va samarali faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklarini ustoz sifatida biriktiriş, ular örtasida «ustoz-şogird» tizimini yölga qöyiş orqali muammoli xöjaliklarning iş faoliyatini yaxşilaş, hosildorlikni oşiriş hamda mavjud qarzdorliklarni bartaraf etişga kömaklaşiş yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, fermer xöjaliklari faoliyatini manzilli örganiş va aniqlangan muammolarni joyida hal etiş böyiça tegişli vazifalar belgilab olindi.
