Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri vazirlik jamoasi bilan ilk yig‘ilish o‘tkazdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Kamil Aytbaev vazirlik apparati xodimlari ishtirokida ilk ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida vazirlik tizimida ijro intizomini mustahkamlash, xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish hamda har bir xodimning hududlarga chiqib, fermer xo‘jaliklari va dehqonlar bilan bevosita ishlashini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, oldimizda turgan 2026-yil hosili uchun ekish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, fermer xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari ham muhokama qilindi.
Xususan, ishlab chiqarish jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda ma’lumotlar asosida samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yangi rahbar vazirlik jamoasini oldinda turgan vazifalarni hamjihatlikda, mas’uliyat bilan amalga oshirishga chaqirib, qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish yo‘lida tizimli ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
