Qoraqalpog‘istonda chorvachilik yo‘nalishidagi o‘quv kurslari davom etmoqda!

️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi «Chorvachilik ozuqa bazasini yaxshilash va qishloq xo‘jaligidagi mavjud resurslardan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-334-sonli qarorlariga asosan Nukus, Kegeyli, Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir tumanlarida fermerlar kengashi huzuridagi buxgalteriya hisobini yuritish markazlari xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.

Bu kurslarda: • davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari; • zamonaviy agrotexnologiyalar; ✓ zootexnika va veterinariya xizmatlarining amaliy jihatlari haqida to‘liq bilimlar beriladi.

️O‘quv darslari fermerlarning tajribasini oshirish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.