O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 9 dekabrdagi «Paxta va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarali intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-370-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 25 dekabrdagi «Paxta va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2026 yil 8 yanvar kungi maxsus qarori qabul qilingan. Yana Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2026 yil 31 yanvar kuni «Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026 yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Yuqorida qabul qilingan bir qator qarorlarga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026 yil hosili uchun 80 ming gektar maydonga paxta ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonlarning 21 400 gektarida «Shinjon» usulida ekib yetishtirish belgilangan. Bugungi kunda ushbu maydonlarning 71 ming 618 gektar (89,5%) maydonlarida paxta ekishga yer tayyorlanib, 69 ming 455 gektar (86,8%) maydonlarida paxta ekish ishlari olib borildi va qolgan maydonlarda ekish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. Joriy yilgi paxta ekish mavsumiga jami 346 ta paxta ekish otryadlari tashkil etilib, ushbu otryadlarga 15 ming 590 ta texnika va agregatlar biriktirilgan bo‘lib, ushbu texnikalar yordamida ekish ishlari samarali olib borilmoqda. Shuningdek, joriy yil hosili uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy maydonlarining 33 ming 290 gektariga shundan, 14 ming 550 gektariga sabzavot, 11 ming 500 gektariga poliz ekinlari ekildi. 7 ming 240 gektar maydonga kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda jami 26 ming 585 gektar (79,9%) maydonlarda shundan, 14 ming 491 gektar sabzavot, 10 ming 377 gektar poliz va 1 ming 717 gektar maydonda kartoshka ekish ishlari olib borildi va bu tadbirlar davom etmoqda. Bundan tashqari, 2026 yil hosili uchun 62 ming gektar maydonda ekib parvarishlanmoqda. Bu maydonlar to‘liq ko‘karib chiqib, bugungi kunda 59 ming. 744 gektari naychalash fazasida va 2 ming 256 gektari boshoqlanish ya’ni boshlang‘ich fazalarida rivojlanmoqda. G‘alla maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan gektariga o‘rtacha 200 va 300 kg. hisobidan 2 marta oziqlantirish ishlari to‘liq olib borilgan bo‘lib, bugungi kunda 36 ming 618 gektar maydonda uchinchi oziqlantirish ishlari amalga oshirildi va davom etmoqda. Bundan tashqari, g‘alla maydonlariga gektariga o‘rtacha 5 tonnadan jami 310 ming tonna mahalliy tezak chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 385 ming tonnadan ortiq tezaklarni dala boshiga chiqarish ishlari amalga oshirildi va ushbu maydonlarni sharbat usulida sug‘orish maqsadida o‘rtacha 5 gektarga 1 donadan jami 12 ming 400 dona xandaq o‘ralari qazildi va bugungi kunda 44 ming 646 gektar (72%) maydonlarda bahorgi birinchi sug‘orish ishlari olib borildi. Yana galle maydonlarida (suspenziya usulida) bargdan oziqlantirish ishlari bir marta to‘liq amalga oshirilgan bo‘lib, ikkinchi marta oziqlantirish ishlari 57 foiz maydonlarda amalga oshirilgan bo‘lib, bu ishlar hali ham davom etmoqda.
Bahorgi ekish jarayonlari va tayyorgarlik ishlari bo‘yicha brifing
17
