Nukus tumanida chigit ekish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Nukus tumanidagi “Tolbay baslıq” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun chigit ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Fermer xo‘jaligida joriy yilda 40 gektar maydonga Shinjon usulida, plyonka ostiga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda ekish ishlari boshlab yuborilgan.

Mazkur agrotexnik usul tuproq namligini saqlash, nihollarning tez va bir tekis unib chiqishini ta’minlash hamda hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun 10 gektar maydonga g‘alla ekilgan.

Tumanda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha belgilangan rejalar asosida joriy yilda jami 5500 gektar maydonga g‘alla ekilgan bo‘lsa, 1700 gektar maydonga paxta ekish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda tumanda bahorgi dala ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.