🌱 Beruniyda chigit ekish ishlari davom etmoqda

Qishloq xo‘jaligida chigit ekish yuqori hosil olishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bu jarayon agrotexnik talablarga qat’iy rioya qilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Joriy yilda Beruniy tumanida 8 500 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Bahorning yog‘ingarchiliklarga boy kelgani fermerlar uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirgan bo‘lsa-da, ekin ishlari izchil davom etmoqda.

Tumanda hosildorligi yuqori bo‘lgan, zararkunandalarga chidamli “Xitoy” navli chigit ekilmoqda. O‘tgan yillar tajribasi bu navning samaradorligini tasdiqlagan.

Xususan, Nayman mahallasidagi “ESSH Yeshmuratov Sa’dulla” fermer xo‘jaligi 45 gektar maydonga ushbu navni zamonaviy texnikalar yordamida ekib, mo‘l hosil olishni maqsad qilgan.