Beruniy tumanida 1128-sonli Qonun mazmuni targ‘ib qilinmoqda

Beruniy tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini transformatsiya qilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 1128-sonli Qonun mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Fermerlar kengashi, tuman hokimligi hamda tegishli idoralar vakillari ishtirok etib, dala chetlaridan samarali foydalanish, maqbul ekinlarni joylashtirish va qonun talablariga rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminar davomida dala chetlariga ekin ekish nafaqat qonuniy talab, balki fermer xo‘jaliklari daromadini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omil ekani hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, agrotexnik samaradorlik, fitosanitar barqarorlik va qonuniy javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida fermerlar uchun dala chetlaridan unumli foydalanish va qonun doirasida faoliyat yuritish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.