Nukus tumanida yetishtirilgan bug‘doy hosilini sepsitmay yig‘ib olish va kombaynlarning g‘alla o‘rim mavsumiga tayyorligini ko‘zdan kechirishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda Nukus tumani hokimi Z.Zaytov, respublikadan biriktirilgan ishchi guruh a’zolari, tumandagi qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari hamda mexanizator va operatorlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu yilgi bug‘doy hosilini qisqa muddatlarda yig‘ib olish bo‘yicha kerakli maslahatlarini berdi.

Shuningdek, seminarda g‘alla o‘rimida ishtirok etadigan texnikalarning sozligi tekshirilib, mexanizatorlarga tartib-qoidalar tushuntirildi.