Agrar sohasini rivojlantirish yo’lida.

Chimboy tumani qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori Sh.A.Aminov tomonidan qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan soha mutasaddilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida, fermer xo‘jaliklari, klasterlar va mexanizatorlar faoliyatiga doir dolzarb masalalar muhokama qilinib, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, qonunchilikka rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash lozimki mexanizatorlar tomonidan amalga oshirilayotgan fidokorona mehnat mamlakatimiz agrar sohasini barqaror rivojlantirish, yerdan unumli foydalanish hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh ilg‘or mexanizatorlar munosib taqdirlanib, ularning fidokorona mehnati, yuqori natijalari hamda sohani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
