📢 Beruniy tumanida “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi doirasida tadbirlar davom etmoqda
Joriy yilning 18-aprelidan 18-mayiga qadar mamlakatimizda e’lon qilingan “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi doirasida Beruniy tumanida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
🔹 Xo‘jalik va fermalarda veterinariya-sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish, kirish joylarida dezinfeksiya vositalarini tashkil etish hamda chorvachilik bino va inshootlarini dezinfeksiya qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
🔹 Tumanda mavjud 8 ta veterinariya uchastkasi orqali aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilib, har bir uchastkada 1 nafar veterinariya vrachi va 1 nafar veterinar feld’sher faoliyat olib bormoqda.
🔹 O‘ta yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida 20 nafar mutaxassis 5 ta guruhga bo‘lingan holda emlash tadbirlarini olib bormoqda.
📊 2025-yilda amalga oshirilgan profilaktik emlashlar: ✅ Oqsil kasalligiga qarshi: — 21,9 ming bosh YSHM — 4,5 ming bosh MSHM
✅ Kuydirgi kasalligiga qarshi: — 31,4 ming bosh YSHM — 8,6 ming bosh MSHM — 79 bosh otlar
✅ Nodulyar dermatitga qarshi: — 22,9 ming bosh YSHM
🐾 Quturush kasalligiga qarshi 2290 bosh it va mushuklar emlandi.

🔹 Shuningdek, qoramollarni identifikatsiya qilish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda. 2025-yil boshidan bugungi kungacha: — 25 031 bosh YSHM — 576 bosh MSHM identifikatsiya qilinib, VIS-Chinor elektron platformasiga kiritildi.
📌 Mazkur tadbirlar chorva sog‘lig‘ini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
