Nukus tumani Sho‘rtanbay OFY hududida joylashgan “Mang‘it Qipchoq” fermer xo‘jaligi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish borasida samarali ishlar olib borilmoqda
Mazkur fermer xo‘jaligi har yili 25 gektar maydonda plyonka ostiga qovun ekib, yuqori hosil olishga erishmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlar eksportbop bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, mavsum davomida fermer xo‘jaligi tomonidan 25–30 nafar fuqarolar mavsumiy ishlar bilan ta’minlanib, aholi bandligini oshirishga munosib hissa qo‘shilmoqda.
Ayni kunlarda qovun dalalarida agrotexnik tadbirlar jadal davom etmoqda. Jumladan, nihollarga o‘g‘it berish, begona o‘tlarni tozalash kabi muhim parvarish ishlari olib borilmoqda.
Fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
