Amudaryo tumanida silos tayyorlash bo‘yicha ko‘rgazma-seminar o‘tkazildi
Amudaryo tumani “Chayko‘l” OFY hududida qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish hamda ozuqa-yem bazasini mustahkamlash maqsadida silos mahsulotini tayyorlashga bag‘ishlangan ko‘rgazma-seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i S. Turmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xo‘jaligi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Berdanov, “Agrostar” MCHJ rahbari P. Kudyarov, shuningdek, Samarqand veterinariya instituti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari, hududdagi fermer va dehqonlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.
Seminar davomida silos mahsulotini tayyorlash, uni sifatli saqlash va qayta ishlash jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilib, ilg‘or tajribalar namoyish etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligida samaradorlikni yanada oshirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish hamda sohani izchil rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
