Kegeyli tumanida barpo etilgan zamonaviy issiqxonada ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi
Press-tur davomida jurnalistlar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, issiqxonaning ishlab chiqarish quvvati hamda kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bandligini ta’minlash borasidagi natijalar bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 5 gektar maydonda issiqxona tashkil etilib, 50 ta oilaning bandligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Har bir oilaga 10 sotixdan yer maydoni ajratilib, bodring yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbir davomida OAV vakillariga issiqxonada yaratilgan imkoniyatlar, oilalar daromadini oshirishga qaratilgan amaliy mexanizmlar hamda loyihaning ijtimoiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
