🌾 Taxiatosh tumanida g‘alla topshirish rejasini bajarishga munosib hissa qo‘shgan fermer xo‘jaliklaridan biri

Taxiatosh tumani Naymanko‘l OFY hududida faoliyat yuritayotgan «Avezdurdiev Mekan» fermer xo‘jaligi 2026-yil hosili uchun 20 gektar maydonda g‘alla yetishtirib, davlatga g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi hamda tumanning umumiy rejasining muvaffaqiyatli bajarilishiga munosib hissa qo‘shdi. Fermer xo‘jaligi tomonidan bugungi kunga qadar 74 tonna g‘alla davlat xirmoniga topshirildi. Ayni paytda qolgan hosilni qisqa muddatlarda sifatli yig‘ib olish ishlari davom ettirilmoqda. Fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Qurbanbay Ta‘gamberdiyevning ma’lum qilishicha, xo‘jalikda g‘alladan tashqari 70 gektar maydonda paxta, 5 gektarda mosh, 2 gektarda kartoshka, 3 gektarda qovun-tarvuz yetishtirilmoqda. Shuningdek, 2 gektar bog‘ ham mavjud bo‘lib, unda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari mahalliy bozorlarga uzluksiz yetkazib berilmoqda. Mazkur fermer xo‘jaligining samarali faoliyati nafaqat g‘allachilik, balki oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda