«Agrotarozi» axborot tizimi – paxta qabul qilishda ochiqlik va shaffoflik kafolati

Qonliko‘l tumani «AGROHAMKOR CLUSTER» MCHJ paxta qabul qilish punktida joriy yil paxta hosilini qabul qilishning shaffofligini ta’minlash, paxta qabul qilish joylarida «Agrotarozi» axborot tizimini joriy etish bo‘yicha kuzatuv kameralari, zamonaviy kompyuter texnikasi va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda axborot tizimlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

«Agrotarozi» axborot tizimini joriy etish, elektron tarozi qurilmalarini sinash va ulardan foydalanish bo‘yicha hududlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi raqamlashtirish departamenti va «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» MCHJ tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarlarda, tuman hokimi B.Sultanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri K.Aytbayev, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Respublika boshqarmasi boshlig‘i E.Qayipbergenovlar seminarning ahamiyati haqida tushunchalar berdi.