Kegeyli tumanida 2027-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumi davom etmoqda
Kegeyli tumanida 2027-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish mavsumi doirasida Ishonqal’a QFY hududidagi «Erlepesov Bektursin» fermer xo‘jaligida g‘alla ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda kuzgi bug‘doy ekinlarini maqbul muddatlarda ekish, yerga sifatli ishlov berish, urug‘ni to‘g‘ri tanlash, ekish me’yorlariga amal qilish va ekinlarni agrotexnik talablar asosida parvarishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri Komiljon Aytbayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i E.Qayipbergenov, Kegeyli tumani hokimi A.Kamalov, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida g‘alla ekish ishlarini belgilangan agrotexnik muddatlarda, sifatli va uyushqoqlik bilan tashkil etish, yerga ishlov berish va urug‘dan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
