Taxiyatosh tumanida chigit ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda

Taxiyatosh tumani Naymanko‘l OFY hududida joylashgan “Sadullaev Jamshid” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun chigit ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Joriy yilda fermer xo‘jaligi tomonidan 25 gektar maydonga paxta ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda ekish ishlari belgilangan agrotexnik muddatlarda davom ettirilmoqda.

Mazkur fermer xo‘jaligi o‘tgan yilda har gektardan o‘rtacha 45 sentnerdan paxta hosili olgan bo‘lsa, bu yilgi maqsad yanada yuqori — 55–60 sentner hosildorlikka erishishdan iborat.

Shuningdek, fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonga g‘alla ekilgan. O‘tgan yilda g‘alladan har gektardan 75 sentner hosil olingan bo‘lsa, bu yil 100 sentner hosil olish rejalashtirilgan.

Fermer xo‘jaligi rahbarining ta’kidlashicha, paxta va g‘alladan tashqari poliz ekinlari hamda kartoshka yetishtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu orqali aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsad qilingan.

Bugungi kunda fermer xo‘jaligida barcha dala ishlari zamonaviy agrotexnologiyalar asosida, yuqori saviyada tashkil etilmoqda.