Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida apparat yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri Komiljon Aytbayev olib bordi.
Yig‘ilishda kadrlar masalasi ham ko‘rib chiqildi. Xususan, Muxanov Maxmud Muratovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Uning ushbu lavozimga tayinlangani to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli buyrug‘i o‘qib eshittirildi.
M.Muxanov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Klasterlar, agrotadbirkorlik va kooperatsiyalarni rivojlantirish sektori boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, oldinda turgan vazifalar, paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari keng muhokama qilindi.
