Amudaryo tumanida g‘alla ekish mavsumi bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
Amudaryo tumanida 2027-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Oq oltin QFY hududidagi «Yakupova Gavhar» fermer xo‘jaligida ham ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda sen Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri Komiljon Aytbayev, O‘zagroinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i E.Qayipbergenov, tuman hokimi S.Xojametov, soha mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida kuzgi bug‘doy ekinlarini maqbul muddatlarda ekish, yerga sifatli ishlov berish, urug‘ni to‘g‘ri tanlash va ekish me’yorlariga amal qilish, shuningdek, ekinlarning dastlabki rivojlanish davrida agrotexnik talablar asosida parvarishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida fermer xo‘jaligida g‘alla ekish ishlari amaliy jihatdan ko‘rsatilib, yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida g‘alla ekish mavsumini uyushqoqlik bilan, belgilangan agrotexnik muddatlarda va sifatli tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
