Chimboy tumanida kuzgi bug‘doy ekish mavsumiga start berildi
Bugun Chimboy tumanida 2027-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish mavsumi doirasida «Yuzboshi» fermer xo‘jaligida kuzgi bug‘doy ekishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida kuzgi bug‘doy ekinlarini maqbul muddatlarda ekish, yerga sifatli ishlov berish, urug‘dan samarali foydalanish, ekish me’yorlariga rioya qilish va ekinlarni agrotexnik talablar asosida parvarishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri Komiljon Aytbayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i E.Qayipbergenov, Chimboy tumani hokimi N.Eshanov, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Ko‘rgazmali seminar davomida yaxshi niyatlar bilan yerga kuzgi bug‘doy urug‘larini ekib, yangi hosil uchun mas’uliyatli agrotexnik jarayonga start berildi.
Tadbir yakunida g‘alla ekish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish va mo‘l hosil yetishtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🌱 Yangi hosil – yaxshi niyat va sifatli agrotexnik tadbirlardan boshlanadi!
