Çimboy tumanida fermer xöjaliklari rahbarlari bilan oçiq muloqot ötkazildi
📍 Bugun Çimboy tumani hokimligining majlislar zalida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari – Qişloq xöjaligi vaziri Komiljon Aytbayev hamda Özagroinspeksiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Erpolat Qaypbergenovning iştirokida tuman fermer xöjaliklari rahbarlari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Çimboy tumani hokimi N.Eşanov ham iştirok etdi. Muloqot davomida faoliyatida qiyinçiliklarga duç kelayotgan, hosildorligi past, şuningdek, moliyaviy majburiyatlarini bajarişda muammolarga ega bölgan fermer xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, ilğor tajribaga ega, samarali faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklarini muammoli xöjaliklarga biriktiriş hamda ular örtasida «ustoz-şogird» tizimini yölga qöyiş taklifi ilgari surildi. Uşbu tizim orqali fermerlarga amaliy yordam körsatiş, agrotexnik tadbirlarni samarali taşkil etiş, hosildorlikni oşiriş va mavjud qarzdorliklarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etişga erişiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, har bir fermer xöjaligi faoliyatini manzilli örganiş, mavjud muammolarni tahlil qiliş va ularni joyida hal etiş böyiça mutasaddi taşkilotlar oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Uçraşuv yakunida fermer xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaş va qişloq xöjaligi samaradorligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni tizimli amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi.
