Nukus tumanida sholini tomchilatib sug‘orish bo‘yicha innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda Press-tur ishtirokchilarining keyingi manzili tumandagi Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi dala maydonida amalga oshirilayotgan innovatsion loyiha bilan tanishdilar. Loyiha doirasida 5 gektar maydonda sholini tomchilatib sug‘orish texnologiyasi Izrail va Germaniya davlatlarining eng sara texnologiyalari asosida tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda loyihaning chizmalari va yer maydoni chizmalari ishlab chiqilib, sug‘orish uskunalari o‘rnatildi va sholi ekilib, tajriba ishlari olib borilmoqda. Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ushbu loyiha orqali 5 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida sholi yetishtirish tajribasi o‘tkaziladi. Loyiha natijasida suv tejovchi texnologiyalar asosida sholi yetishtirish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqiladi va kelgusida tajriba maydonlarini kengaytirish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha Qoraqalpog‘istonda suv resurslaridan oqilona foydalanishga, sholi yetishtirishda yangi texnologiyalarni joriy etishga va agrar sohani rivojlantirishga xizmat qiladi.