📍 Chimboy tumani “Qizil o‘zek” OFY hududida g‘allani oziqlantirish ishlari davom etmoqda
Chimboy tumani “Qizil o‘zek” OFY hududida joylashgan “Do‘sbergen” hamda “Nukus” fermer xo‘jaliklarining g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar asosida g‘allani oziqlantirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonda ekinlarning vegetatsiya davrini samarali o‘tkazishi, hosildorlik ko‘rsatkichlarini oshirish hamda sifatli don yetishtirish maqsadida mineral o‘g‘itlar belgilangan me’yorlarda qo‘llanilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan agrotexnik talablar asosida nazorat ishlari tashkil etilib, dala maydonlarida belgilangan jadval asosida ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🌾 Amalga oshirilayotgan tadbirlar kelgusida mo‘l va sifatli hosil olishga xizmat qiladi.

