☄️ Respublikamiz fermerlari uchun o‘quv-seminar trening tashkil etildi

2025 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-109-sonli «Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.   Farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan fermerlar uchun Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya instituti binosida o‘quv-seminar trening tashkil etildi va soha mutaxassislari yangi tizim haqida batafsil ma’lumot berib, ishtirokchilarning savollariga javob berdi.   Yangi tartibning asosiy jihatlari quyidagilar:

✅ Urug‘liklarni sifatini baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi — maydonlardagi aprobatsiya va laboratoriya sinovlari asosida “ekinboplik xulosasi” rasmiylashtiriladi.

✅ Urug‘liklarni markalash va ularga QR kodli yorliqlar berish tartibi joriy etiladi.

✅ Raqamli QR kodi va ekinboplik xulosasi bo‘lmagan urug‘liklarni ishlab chiqarish, sotish va import qilish 2026 yil 1 yanvardan taqiqlanadi.

✅ Fermer va xo‘jaliklar ekilgan urug‘lik va hosil haqidagi ma’lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot tizimiga kiritib boradi.

✅ Urug‘liklarning sifatini xalqaro talablar (OECD va ISTA)ga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.   Seminar davomida ushbu talablar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy va amaliy savollarga javob olishdi. 📌  Yangi tizimning asosiy maqsadi — sifatli urug‘liklar yetishtirishni rag‘batlantirish, eksportbop mahsulotlar ulushini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdan iborat.