Chimboy tumanida paxta hosildorligini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Chimboy tumani «Qosterek» ovul fuqarolar yig‘inida «Anvar Roza» fermer xo‘jaligi dalasida paxtadan yuqori hosil olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ko‘ziyev, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, g‘o‘za maydonlariga o‘g‘it solish, kimyoviy preparatlarni qo‘llash orqali hosildorlikni oshirish, kultivatorlarni o‘rash va kartoshka ekish ishlari muhokama qilindi.