Taxiatosh tumanida shudgorlash va yer tekislash ishlari davom etmoqda

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga muvofiq, paxta yetishtirish jarayonini mexanizatsiyalash, hosildorlikni oshirish hamda ekin maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Taxiatosh tumanida dalalarni paxta terish mashinalariga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, kelgusi yil hosildorligini oshirish maqsadida shudgorlash, yer tekislash va boshqa agrotexnik tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar natijasida dalalardan unumli foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, shuningdek, yetishtiriladigan hosil sifati va hajmini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimizda agrar sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan mazkur islohotlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.