To‘rtko‘l tumani hududida “Oqsil” kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha oylik doirasida dezinfeksiya va dezinseksiya ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Fermerlar kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 18-aprelidan 18-mayiga qadar mamlakatimizda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi.
Mazkur oylik doirasida:
xo‘jalik va fermalarda veterinariya-sanitariya talablariga qat’iy rioya etilishi, kirish joylarida dezinfeksiya vositalarini tashkil etish, begona shaxslar va transport vositalari kirishini cheklash, chorva hayvonlarini sifatli ozuqa va toza suv bilan ta’minlash, hududlarni doimiy tozalash hamda zararli jonivorlarga qarshi kurashish ishlari kuchaytirilmoqda.
Shuningdek, “Oqsil” kasalligi alomatlari (yuqori harorat, og‘iz va tuyoqlarda yaralar, elin shikastlanishi) kuzatilganda, hayvonlarni zudlik bilan ajratish va veterinariya mutaxassislariga murojaat qilish zarur.
Hurmatli fermerlar va chorvadorlar! Chorva salomatligini saqlashda tozalik va veterinariya qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Oylik doirasida barcha profilaktik tadbirlarni mas’uliyat bilan amalga oshirishingiz so‘raladi.
