Gʻalladan boʻshagan maydonlarda takroriy ekinlarni joylashtirish va gʻoʻza agrotexnikasi muhokama qilindi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Qishloq xoʻjaligi vaziri Kamiljan Aytbaev, Respublika ishchi guruhi aʼzolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fermerlar kengashi raisi Aktam Xaitov rahbarligida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlarni oʻz vaqtida joylashtirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, gʻoʻza parvarishida agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish hamda hududlarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, takroriy ekin ekish ishlarini muvofiqlashtirish, fermer xoʻjaliklariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida alohida shtab faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bajarilayotgan ishlar yuzasidan muntazam hisobot yuritish va nazoratni kuchaytirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.