PQ-49-sonli qaror ijrosi doirasida Bo‘zatovda ziyoratgoh suv bilan muntazam ta’minlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori asosida Bo‘zatov tumanida ziyorat turizmi uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida, “Ko‘k-suv” OFY hududida joylashgan Berdaq va Kunxo‘ja shoirlar ziyoratgohini suv bilan barqaror ta’minlash maqsadida 1 dona nasos agregati qurilmoqda. Nasosning uzluksiz va energiyatejamkor ishlashini ta’minlash uchun 20 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi.

Ushbu infratuzilma orqali “KS-1” tumanlararo kollektori suvidan samarali foydalanish imkoniyati yaratilib, ziyoratgoh atrofidagi yashil hududlarni sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada hudud obodonlashtirilib, ziyoratgoh ko‘rinishi yanada yaxshilanadi.

Amalga oshirilayotgan bu ishlar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, suvdan tejamli foydalanish va ziyorat turizmi uchun qulay infratuzilma yaratishga qaratilgan bo‘lib, Prezident qarorida belgilangan vazifalarning amaliy ifodasi hisoblanadi.