Fuqarolar murojaatlari tinglandi Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahridagi Xalq qabulxonasi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Xalimbetov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning qishloq xo‘jaligi sohasiga oid taklif va murojaatlari tinglanib, ularning muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalar berildi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi subsidiyalaridan foydalanish, fermer xo‘jaligini tashkil etish maqsadida yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish, ekin maydonlarini sug‘orish uchun ariq va kanallar qazishga amaliy ko‘maklashish hamda qishloq xo‘jaligiga oid boshqa masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarga qonuniy va amaliy yechim topish hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.