Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Xalqaro International Center for Biosaline Agriculture tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Development of Sustainable Agricultural Production Systems in Degraded Areas of Karakalpakstan” mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida olib borilgan ishlar natijalari boʻyicha fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari uchun “Qoraqalpogʻistonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.
✅Seminarda: Xalqaro ICBA tashkilotining Birlashgan Arab Amirliкlarigidagi bosh direktori Tarifa Alzaabi va ICBA tashkiloti mutahassisi Dr. M.Rejapova, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro markazi direktori B.Habibullaev, Chimboy tumani hokimligi mas’ullari va fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari ishtirok etdilar.
🔗Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida degradatsiyaga uchragan erlarni qayta ishga tushirish, hududlarda barqaror qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish mavzularida fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarigа ma’lumotlar berildi.