Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev raisligida, kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda mutaxassislar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar ta’kidlandi.
Eng asosiy vazifalar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlar asosida belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida mutaxassislar faoliyatini yanada oshirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida soha mutaxassislari tomonidan fikr va takliflar keng muhokama qilinib, tegishli savollarga javoblar berildi.