Taxiatosh tumani hokimligining majlislar zalida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, tuman hokimi K.Aytbayev va soha vakillari ishtirok etdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi «Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-465-son qarori talablarining ijrosi bo‘yicha aytib o‘tildi.
Xususan, dala chetlariga, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga eksportbop ekinlar ekish vazifasi belgilanib olindi.
Shuningdek, qaror talablari asosida dala chetlariga har yili 1-aprelga qadar ekinlar ekilmagan va yil davomida hosil yetishtirilmagan holatlar aniqlansa, barcha ekin maydoniga uch baravar soliq hisoblanishi, dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga Agroinspeksiya tomonidan BHMning 10 baravarigacha jarima qo‘llanilishi hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga ajratilgan imtiyozli kreditlar to‘xtatilishi qayd etildi.