O’zbekiston Respublikasining «Qishloq xo’jaligi kooperativi to’g’risida»gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo’llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonining mazmun-mohiyati hamda qishloq xo’jaligida yaratilayotgan yangi mexanizmlarni ishlab chiqaruvchilarga tushuntirish yuzasidan malakali mutaxassislar, olim va ekspertlar ishtirokida o’quv seminarlari tashkil etilishi belgilanib, mazkur Qonun va Farmon mazmun-mohiyatini va qishloq xo’jaligida yaratilayotgan yangi mexanizmlarni ishlab chiqaruvchilarga tushuntirish bo’yicha, Beruniy tumanida seminar tashkil etildi.
🔗Seminarda, Amudaryo, Beruniy, To’rtkul va Ellikqal’a tumanidan kelgan fermer xo’jaligi rahbarlariga 2025-yilda paxta xomashyosini birja savdolari orqali sotishning tartibi va mexanizmi shuningdek, asosiy o’zgarishlari tushuntirib o’tildi.