Qonliko‘l tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Koziyev hamda tuman hokimi B.Sultonov boshchiligida fermerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda muhtaram Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda aholi farovonligini ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar yaratish shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng tushuncha berildi.
Yig‘ilish davomida fermerlarga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun zamonaviy mikrobiologik preparatlarni keng joriy etish bo‘yicha «BIONOVATIK AGRO» kompaniyasi O‘rta Osiyoning hududiy vakili A.Sultonov hamda Paxtachilik departamenti boshlig‘i F.J.Teshayev tomonidan qator ko‘rsatma va tavsiyalar ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida fermerlar tomonidan bildirilgan fikr va tavsiyalar keng muhokama qilinib, tegishli savollarga javoblar berildi.