Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Koziyev Turkiya davlatidan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

 

 

Uchrashuv davomida mehmonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish uchun qo‘llaniladigan organik mineral o‘g‘itlarni, shuningdek, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlarini yetkazib berish bo‘yicha takliflarini berdilar.

 

Vazirlik tomonidan mazkur takliflar chuqur tahlil qilingan holda o‘rganib chiqilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga samarali va manfaatli bo‘lishi kerakligi, taklif etilayotgan organik mineral o‘g‘itlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sinovdan o‘tkazib ko‘rilishi to‘g‘risida muzokaralar olib borildi.