Chimboy tumanida bu yilgi hosil uchun chigit ekish mavsumi boshlanishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev hamda Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Kegeyli, Nukus tumanlari hokimlari, sohaga mas’ul tashkilotlar, paxta klasterlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

Seminar davomida hurmatli Prezidentimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan e’tibor, berilgan imkoniyatlar haqida keng tarzda ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, chigit ekishning sifatli usullari va fermer xo‘jaliklari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida yaxshi niyatlar bilan dalalarga dastlabki urug‘lar tashlanib, tumanda ekish ishlari boshlab yuborildi.