Nukus tumanida bu yilgi hosil uchun chigit ekish mavsumi boshlanishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, tuman hokimi Z.Zaytov, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha olimlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

 

 

 

 

Seminar davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida keng tarzda ta’kidlab o‘tildi.Shuningdek, chigit ekishning sifatli usullari va fermer xo‘jaliklari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritildi.

 

 

Nukus tumanida joriy yilda jami 2 500 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlarni uyushqoqlik bilan olib borish uchun 10 ta otryadga 552 ta texnika biriktirildi.

 

 

Tadbir davomida seminar tashkilotchilari va hudud yoshi ulug‘lari tomonidan ezgu niyatlar bilan dalalarga dastlabki urug‘lar tashlanib, tumanda ekish ishlari boshlab yuborildi.