Beruniy tumanida g’oza qator oralariga ishlov berish bo’yicha ko’rgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Qishloq xo’jaligi yilning har bir faslidan unumli foydalanishni talab etadi. Dehqonchilikda har bir davr o’zining ahamiyatiga ega.

Beruniy tumani Navoiy ovul fuqarolari yig’ini hududidagi «To’li Baltabayevich» fermer xo’jaligi dalalarida g’oza qator oralariga ishlov berish bo’yicha o’tkazilgan ko’rgazmali seminar bu jarayonlarning muhimligini yana bir bor tasdiqladi.

Seminarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha o’rinbosari Sh.Teshaev, O’zbekiston Fermerlar kengashi raisining birinchi o’rinbosari K.Sabirov, Beruniy tumani hokimi I.Xidirov, tegishli tashkilotlar va fermer xo’jaligi rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida g’oza qator oralariga sifatli ishlov berish, oziqlantirish, qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish bo’yicha mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi. Barcha fermer xo’jaliklariga kultivatsiya ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish bo’yicha topshiriqlar berildi.