#Barqaror_kelajak_uchun
Paxtachilikda innovatsion yondashuv
O’zbekiston qishloq xo’jaligida paxtachilik muhim o’rin tutadi. Ammo, an’anaviy paxta yetishtirish usullari suv resurslarini haddan tashqari sarflash, tuproq unumdorligini pasaytirish va ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va innovatsion yondashuvlarni qo’llash zarurati tobora ortib bormoqda.


Qoraqalpoqiston Respublikasida xizmat safarida bo’layotgan Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev Amudaryo tumanidagi «Polvon ovul» fermer xo’jaligida amalga oshirilayotgan yangicha agrotexnologik usullar bilan tanishdi. Ushbu xo’jalikdagi 11 gektarlik maydonda «Sulton» navli paxta 76×10 sxema asosida qo’shqator tarzda, tomchilatib sug’orish tizimi orqali plyonka ostiga ekilgan. Bu usul suvni tejash bilan birga, tuproq unumdorligini saqlab qolishda muhim omil sifatida baholanmoqda.

Ushbu innovatsion yondashuv paxtachilikda mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan.
«Polvon ovul» fermer xo’jaligidagi tajriba shuni ko’rsatadiki, innovatsion yondashuvlar paxtachilikda hosildorlikni oshirish, suv resurslarini tejash va ekologik muammolarni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu tajribani boshqa xo’jaliklarga ham tarqatish va paxtachilikda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishni rag’batlantirish muhim ahamiyatga ega.
