Kartoshka navlari sinovdan o‘tkazilmoqda

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Amudaryo tumanining «Halimbek» qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi hudud aholisining xonadonlarida amalga oshirilayotgan kartoshka urug‘chiligi loyihasi bilan tanishdi.

Tashrif davomida Ibrohim Abdurahmonovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Shuhrat Teshayev hamrohlik qildi.

Loyiha doirasida mahalliy sharoitga moslashtirilgan yangi kartoshka navlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu navlarning hosildorligi, suvga chidamliligi va kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati yuqoriligi qayd etilmoqda.

Vazir loyihani ijobiy baholab, uni keng ko‘lamda tatbiq etish va mahalliy kartoshka yetishtirishni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi. U, shuningdek, fermerlarga zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash va kartoshka yetishtirishda ilmiy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ushbu loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasida kartoshka yetishtirishni rivojlantirishga, aholi daromadini oshirishga va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.