«Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish: Mutaxassislarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish» mavzusida trening o‘tkazildi


Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agroxizmatlar markazi, Dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari hamkorlikda tumanlardagi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari mutaxassislari uchun «Yuqori sifatli oziq-ovqat texnologiyalarini qo‘llashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy mutaxassislarni zamonaviy qayta ishlash usullariga o‘rgatish» mavzusida o‘quv treningi tashkil etildi.

O‘quv treningida institut professor-o‘qituvchilaridan Z.Sultanova, G.Abdieva va U.Qozaqboyevlar tomonidan oziq-ovqat korxonalarini boshqarish, korxonalarning xalqaro standartlar asosida ish olib borishi, mahsulot sifatini baholash kabi mavzularda o‘z ma’ruzalarini trening ishtirokchilari bilan bo‘lishdilar.
Trening davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslangan aniq javoblar berildi.
