Shumanay tumanida g‘alla yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Shumanay tumanida g‘alla yig‘im-terim mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tumanda yetishtirilgan bug‘doy hosilini to‘liq va sifatli yig‘ib olish maqsadida kombaynlarning texnik holatini ko‘zdan kechirishga qaratilgan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda Shumanay tumani hokimi A.Ametov, Respublikadan biriktirilgan ishchi guruh a’zolari, tuman qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari va mexanizatorlar ishtirok etdi.

Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Kombaynlarning texnik holati, ularning ishlash mexanizmlari va xavfsizlik qoidalariga alohida e’tibor qaratildi

Shumanay tumanida g‘alla yig‘im-terimida ishtirok etadigan barcha kombaynlarning texnik holati to‘liq tekshirilishi va zarur ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu chora-tadbirlar tumanda yetishtirilgan bug‘doy hosilini yo‘qotishlarsiz va qisqa muddatlarda yig‘ib olishni ta’minlashga xizmat qiladi.