To‘rtko‘lda paxtani sug‘orish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

To‘rtko‘l tumanidagi «Namunali Timur» fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini zamonaviylashtirish va suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida paxta maydonlarini samarali sug‘orish usullariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, tuman hokimi I.Xudaybergenov, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va soha mas’ullari ishtirok etdi.

Seminarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga hosildorlikni oshirish bilan birga suvni tejashga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi. Fermerlar o‘z faoliyatini takomillashtirish uchun bevosita qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullar bilan tanishtirildi.

Bunday seminarlar qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni keng tarqatishga yordam beradi