Taxiatosh tumanida ham g‘alla o‘rimi qizg‘in davom etmoqda

Joriy yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi Taxiatosh tumanida ham uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Tumandagi 46 ta fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 1180 gektar maydonga g‘alla ekilib, ushbu hosildorlikdan 2635 tonna don topshirish belgilangan.

Shundan:
1000 tonnasi davlat xaridi uchun,
1335 tonnasi vaqtinchalik saqlashga,
300 tonnasi esa o‘rilgan holatda topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Tuman hududidagi asosiy massivlar bo‘yicha quyidagi natijalar rejalashtirilgan:

Nayman massivida – 326 gektar maydondan 978 tonna,
Hamza massivida – 378 gektardan 1134 tonna,
Ozodlik massivida – 476 gektardan 1428 tonna don topshirilishi rejalashtirilgan.

G‘alla o‘rimiga 7 ta otryad tashkil etilgan bo‘lib, ularning ixtiyorida 7 ta kombayn va don tashish texnikalari mavjud. Ayni paytda texnika vositalari to‘liq safarbar etilgan holda, hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunga kelib Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 232 ta fermer xo‘jaligi davlatga g‘alla topshirish rejasini muvaffaqiyatli bajardi. Umuman olganda, respublika hududida 53 ming gektar maydonga g‘alla ekilgan bo‘lib, umumiy hosildorlik 371 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.